qooti — kompyuteringizda ishlaydigan ilhom kutubxonasi.
Istalgan joydan saqlang
- Rasm, GIF va videolarni sudrab tashlang, joylang yoki import qiling — yoki YouTube, Instagram yoki Pinterest havolasini joylang, qooti uni kutubxonangizga yuklab oladi.
- Brauzer kengaytmasi internetda ko‘rganingizni bir bosishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘plamga saqlaydi. qooti yopiqligida saqlangan havolalar sizni kutib turadi.
Soniyalarda toping
- Qidiruv: so‘zlar, rang va rasm ichidagi matn bo‘yicha.
- O‘xshashlarini topish ochiq turgan elementga o‘xshaganlarini ko‘rsatadi.
- To‘plamlar loyihani bir joyda saqlaydi, to‘plamni
.qootifayl sifatida ulashish mumkin. Dublikatlar qidiruvi nusxalarni tozalaydi.
Tag lens
- Ishingizga mos teg tavsiyalari. O‘zingizga eng mosini tanlang — videomontajchi yoki motion dizayner, grafik dizayner yoki SMD dizayneri, yoki YouTube muqova dizayneri — qooti rasmlaringiz va 60 soniyagacha videolaringizga mos teglarni taklif qiladi.
- Shu kompyuterda tayyorlanadi. Kutubxonangiz undan chiqmaydi. Tanlovingizni istalgan vaqtda Sozlamalar › Kutubxona › Tag lens bo‘limida o‘zgartiring.
1.0’da yana
- Rasmni ko‘rish oynasining o‘zida qirqing. Asl nusxa saqlanadi va uni qaytarish mumkin.
- Bildirishnomalar: bloot yangiliklari va maslahatlari yuqori paneldagi qo‘ng‘iroqcha ostida chiqadi.
- Bitta bloot ID bilan bloot apps orqali kirasiz.
- Windows va Apple silicon protsessorli Mac’larda, ingliz va o‘zbek tillarida ishlaydi. qooti o‘zini o‘zi yangilaydi: yangi versiya kutubxonangiz tepasida chiqadi.